Bosh sahifa Loyihalar Achchiq saboq

Achchiq saboq

0

San’at yo‘liga kirgan xonanda mashhur artistga aylandi. Shu qadar ko‘p muxlis orttirdiki, qayerga borsa undan dastxat so‘rashardi. Avvaliga buni taqdiridagi misli ko‘rilmagan omad, deb bildi. Keyinchalik bu holatlarga asta-asta ko‘na boshladi.

Axiyri shu darajaga yetib bordiki, borgan yerida unga e’tibor qaratishmasa ruhiyatida qandaydir kamsitilish hissi paydo bo‘la boshladi. Bir-ikki joyda atayin boshqalarning e’tiborini qaratishga majbur ham bo‘ldi.

Bir kuni xiyobon o‘rtasidagi skameykada o‘tirarkan yonboshidagi kimsaning unga nisbatan parvoyi palakligi xunobini chiqardi. Bir oz kutdi – so‘ng ichidagi tomog‘iga tiqilayotgan qandaydir bezovtalik uni savol berishga undadi:

  • Kechirasiz, meni tanimayapsizmi, yigitcha? Nahotki menga biror savolingiz bo‘lmasa?
  • Bir vaqtlar tanirdim. Hozir siz u odamga sirayam o‘xshamaysiz.

Suhbatdoshi bir zum unga tikilarkan, ketishga chog‘lanib shunday dedi:

Bu gap san’atkorga juda alam qildi. Bir-ikki og‘iz achiq gap ham aytolmadi – birinchi bo‘lib gap boshlagan o‘zi – boyagi kishining ortidan termulib qoldi, xolos.

Hayotning bu achchiq sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqardimi, harqalay mashhur artist keyingi faoliyatida kamtarlikni kasb qildi. Aytishlaricha u rahmat aytish uchun hamon o‘zining eski xolis tanqidchisini izlab yurganmish…