Bosh sahifa Yangiliklar CHO‘G‘LAMA LAMPALAR: ulardan voz kechish vaqti keldi

CHO‘G‘LAMA LAMPALAR: ulardan voz kechish vaqti keldi

0

Bugungi davr shiddati har bir sohada yangilanish, izlanish va taraqqiyotni talab qilmoqda. Jumladan, energiya tizimida ham. Kundalik hayotimizning ajralmas bo‘lagi bo‘lgan elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib borayotgani hech kimga sir emas. Bu esa bizdan energiyatejaydigan texnologiyalar, xususan lampalardan foydalanishni taqazo etayapti.

Ta’kidlash kerakki, cho‘g‘lama yoritgichlar atigi 750 soat xizmat qilsada, elektr energiyasining atigi 5 foizini yoritishga sarflaydi, 95 foiz tok issiqlik bilan chiqib yetadi.

Gaz bian to‘ldirilgan yoritgichlarning ham xizmat ko‘rsatish muddati 1000 soat bo‘lsada, bunday lampalar ishdan chiqqach ularni tashlab yuborish atrof-muhit uchun zararli hisoblanadi.

Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan svetodiodli yoritkichlar esa energiyani kam sarflashi bilan birga, 5000 soatgacha xizmat qilishi bilan ancha samarali sanaladi.

Shu o‘rinda 100 Vt cho‘g‘lama, 13 Vtli svetodiodli yoritkichlarning bir yillik energiya sarfi, xarid narxi va xizmat qilish muddatni taqqoslab ko‘raylik: statistik ma’lumotlarga qaraganda 1 xonadagi yoritgich 1 yil davomida o‘rtacha 2190 soat vaqt yoniq turadi. Bunda 100 Vtli cho‘g‘lama yoritkich 219 kVt soat energiya sarflaydi. Bir kilovat energiya narxini 204 so‘m 30 tiyin ekanligini hisobga olsak, bitta cho‘g‘lama yoritkich xizmat ko‘rsatish muddatida 44 ming so‘mdan ortiq energiya sarflaydi. Bu vaqt ichida yiliga 4500 so‘mdan 3 ta yoritgich sotib olinishini ham qo‘shsak, jami xarajat 58 ming so‘mga to‘g‘ri keladi.

1 Vtli svetodiodi yoritkich esa 1 yilda bor yo‘g‘i 28,47 kVt soat energiya sarflaydi. Bu atigi 5800 so‘mdan ortiqdir. Yoritgich narxi 22000 so‘mni ham bunga qo‘shsak jami 1 yilda 1 xonadon uchun 27800 so‘m sarflashimiz mumkinligi oydinlashadi.

Bir yil davomida 1 dona cho‘g‘lama lampani svetodiodli yoritkichga almashtirsak 190 Kvt soat elektr energiya yoki 38 ming so‘m tejaladi. Buni Karmana tumani miqyosida oladigan bo‘lsak, 28272 ta aholi abonenti elektr energiyadan foydalanib keladi. Ular 1 dona cho‘g‘lama lampani svetodiodli yoritkichga almashtirsa 1,1 milliard so‘m mablag‘lar tejaladi!

Yuqori taqqoslash orqali svetodiodli lampalar aholi, qolaversa davlat uchun uchun qanchalik qulayligi oydinlashdi. Yana shu ham ta’kidlash kerakki, cho‘g‘lama lampalarni yurtimiz hududiga olib kirish, sotish qonunan ta’qiqlangan. Garchi shahar hududlarida bunday yoritgichlardan foydalanish ana shu tadbirlar evaziga kamayayotgan bo‘lsada, qishloq tumanlarimizda hamon aholi tomonidan bu masalaga yetarli e’tibor berilmasdan kelinmoqda. Biz o‘ylaymizki, har bir kishi mazkur masalani o‘ylab, oqilona qaror qabul qilishi lozim.