Bosh sahifa Bu qiziq Chumoli nega bug‘doy donini ikkiga, kashnich urug‘ini to‘rtga bo‘ladi?

Chumoli nega bug‘doy donini ikkiga, kashnich urug‘ini to‘rtga bo‘ladi?

0

Mehnatkash hasharot – chumolilar yer ostiga to‘plab qo‘ygan don nima sababdan yerdan o‘sib chiqmasligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Olimlar tadqiqot olib borishlaricha, chumoli o‘ziga kerakli bo‘lgan o‘simlik urug‘larini yer ostiga to‘plab, jamg‘arganidan keyin ularning har birini ikki bo‘lakka bo‘lib qo‘yadi. Chunki don nimatalansa, yer har qancha unumdor bo‘lmasin o‘sib chiqmaydi. Chumoli kashnich donini to‘rt bo‘lakka bo‘lganini ko‘rgach, olimlar taajjubga tushishdi. Bu xususda kerakli tadqiqot olib borilgach, quyidagi narsani kashf qildilar. Kashnich doni agar ikkiga bo‘linsa ham o‘sib chiqaverar, to‘rt bo‘lakka bo‘linsa unmas ekan.