Bosh sahifa Mualliflardan Davlat xizmatlari markazlari doimo xalq xizmatida!

Davlat xizmatlari markazlari doimo xalq xizmatida!

0

Fuqarolarimiz uchun yana bir qulaylik, endilikda  ko‘rsatiladigan xizmatlarning natijasini fuqarolarimiz “ekspress-xizmat” orqali, Davlat xizmatlari markaziga bormasdan turib pochta orqali olishlari imkoni mavjud! 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son “Davlat xizmatlari ko`rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi qaroriga muvofiq davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko`rsatish (yetkazib berish) bo`yicha pulli ekspress- xizmatlarini ko`rsatish belgilangan.

Shunga ko`ra, Davlat xizmatlari markazlari orqali ko`rsatilayotgan  14-turdagi davlat xizmatlari natijasi bo`yicha hujjatlarni yetkazib berish shakllari bo`yicha pulli ekspress-xizmat joriy etildi. 

Mazkur xizmat davlat xizmatlari ko`rsatishda axborot tizimlari va “Gibrid pochta” axborot tizimi orqali hujjatlarni yetkazib berish shaklida bo`lib, to`lov miqdori  8 000 (sakkiz ming) so`m miqdorida etib belgilangan.  

“Ekspress-xizmat”  hozircha faqat quyidagi xizmatlar uchun yo‘lga qo‘yilgan:
1.    Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish
2.    Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish
3.    Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga qarorni olish
4.    O‘z tarmog‘ini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya
5.    Otalik belgilanganligi haqidagi ma’lumotnomani olish
6.    O‘lim haqida ma’lumotnomani olish
7.    Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani olish
8.    Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirganlik haqida ma’lumotnomani olish
9.    Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish
10.   Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun ruxsat beruvchi yangi guvohnoma olish
11.   Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun ruxsat beruvchi yangi guvohnomani olish (tezlashtirilgan tartibda)
12.   Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun yangi litsenziya olish
13.   Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya olish
14.   Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya olish (tezlashtirilgan tartibda)

Ushbu qulaylik orqali fuqarolarimizning vaqtlarini tejaylik!

D.BOZOROVA,  Zarafshon shahar Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi