Bosh sahifa Mualliflardan DAVLAT XIZMATLARI SONI KUN SAYIN ORTMOQDA

DAVLAT XIZMATLARI SONI KUN SAYIN ORTMOQDA

0

Ommaviy axborot va kommunikasiyalar sohasida davlat xizmatlari ko`rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 dekabrda “Ommaviy axborot va kommunikasiyalar sohasida davlat xizmatlari ko`rsatishning ayrim ma`muriy reglamentlarni tasdiqlash to`g`risida”gi 1017-soni qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini ro`yxatga olish hamda noshirlik faoliyatini lisenziyalash bo`yicha davlat xizmati ko`rsatishning ma`muriy reglamentlari tasdiqlandi.

Bundan buyon ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini ro`yxatga olish hamda noshirlik faoliyatini lisenziyalash faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlari markazlari yoki O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan arizalar Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan ko`rib chiqiladi.

Endilikda, tadbirkorlik sub`ektlarining to`g`ridan-to`g`ri Agentlikka murojaat etish amaliyoti bekor qilinib, yuridik va jismoniy shaxslar o`z hududlarining davlat xizmatlari markazlaridan bevosita hujjatlar taqdim etish imkoniyati yaratildi. Misol uchun, Qoraqalpog`iston Respublikasidan bir yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasini ro`yxatdan o`tkazmoqchi bo`lsa bevosita Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasiga murojaat qilmasdan o`zi joylashgan tumanning davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qiladi. Uning arizasi davlat xizmatlari markazi orqali Agentlik yoki uning huduiy boshqarmasiga yuborilgandan so`ng ariza ko`rib chiqiladi va natijasi bo`yicha javob yuboriladi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositasi ro`yxatga olinganligi to`g`risida guvohnoma ham davlat xizmatlari markazidan beriladi.

Mazkur ma`muriy reglamentlar bilan, matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun guvohnoma olish maqsadida tadbirkorlik sub`ektlari Agentlikning hududiy boshqarmalariga markaz hamda YaIDXP orqali murojaat etish tartibi joriy etildi.

Bundan avval matbaa korxonalarini ro`yxatga olish Agentlik tomonidan amalga oshirilib kelingan edi. Matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun guvohnomalar berish Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. 

Hukumat qarori bilan jismoniy va yuridik shaxslarga ancha qulayliklar yaratildi. Murojaatlarni ko`rib chiqish muddatlari qisqartirildi.

Jumladan, ommaviy axborot vositalarini ro`yxatdan o`tkazish o`ttiz kundan o`n besh kunga, matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun guvohnoma berish o`n besh kundan, o`n kunga hamda noshirlik faoliyatini lisenziyalash yigirma kundan, o`n kunga qisqardi.

Bundan tashqari Bolalar adabiyotlari, shuningdek, nogironligi bo`lgan shaxslar uchun mo`ljallangan mahsulotlar chop etishga ixtisoslashgan nashriyotlarga lisenziya berilganlik uchun  belgilangan tartibda to`lanishi lozim bo`lgan davlat boji ozod qilindi.

O.MARDONOV,  Konimex tuman Davlat xizmatlari
markazi yetakchi mutaxassisi