Bosh sahifa Yangiliklar Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi – qishloq jo‘jaligi xodimlari kuni

Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi – qishloq jo‘jaligi xodimlari kuni

0

Yurtimizda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Bu haqda joriy yilning 25 avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda viloyatimizda jami band aholining 22,4 foizi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritmoqda.

Qishloq xo‘jaligida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hamda moddiy-texnika bazani mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida viloyatimizda har yili mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda.

Ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning qariyb 25 foizi hududdagi fermer xo‘jaliklari ulushiga to‘g‘ri keladi.

  • Har oyda o‘rtacha 6 ming litr sut, 550-600 kilogramm go‘sht mahsulotlarini xalqimizga yetkazib beryapmiz, – deydi biz bilan suhbatda Nurota tumanidagi “Ochil Navro‘zov” naslchilik fermer xo‘jaligi rahbari S.Navro‘zova. – Bugungi kunda 350 bosh mayda shoxli, 50 ta yirik shoxli zotli qoramolimiz bor. O‘tgan yili xo‘jalik faoliyatini yaxshilash maqsadida zamonaviy molxona binosini qurgan edik. Bu yil yana bitta ana shunday inshoot barpo etdik. Erishilayotgan har bir yutuq xodimlarimizning mehnati samarasidir.

Keyingi uch oy davomida davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish borasida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2017 yil 10 oktyabrda “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 28 noyabrda “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlar imzolandi.

Mazkur hujjatlar ijrosi yuzasidan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar yurtimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi. Tabiiyki, bu jarayonda mazkur sohada faoliyat olib borayotgan ming-minglab fidoyilar zimmasiga yuksak mas’uliyat ham yuklanadi.

Umuman olganda, endilikda har yili yurtimizda qishloq jo‘jaligi xodimlari kunining keng nishonlanishi bu borada amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi hamda sohaning ilg‘or vakillari mehnatini qadrlashda muhim mezonga aylanadi.