Bosh sahifa Yangiliklar Karmanada jamoat ishlari orqali aholi bandligi ta’minlanmoqda

Karmanada jamoat ishlari orqali aholi bandligi ta’minlanmoqda

0

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 5 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori Karmana tumanida amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.

Mazkur qaror bilan endilikda jamoat ishlari byudjet tashkilotlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali tashkil qilinganda jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar uchun hisoblangan ish haqi 100 foiz miqdorda yangidan tuzilgan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Kichik korxonalar, fermer xo‘jaliklari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa ish beruvchilar bilan jamoat ishlari tashkil qilinganda ish haqi bo‘yicha to‘lovlarning 50 foiz qismi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Qarorda shuningdek, jamoat ishlarida qatnashgan fuqarolar uchun to‘lanadigan oylik ish haqi miqdori yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam bo‘lmasligi, oylik ish haqi eng kam ish haqining besh barobaridan oshmasligi belgilangan.

Ayni paytda ushbu qaror yuzasidan tumanda targ‘ibot guruhi tashkil etilgan bo‘lib, olib borilayotgan ishlar samarasida ko‘plab aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinmoqda.