Bosh sahifa Yangiliklar “NAVOIY” EIZ: korxonalar 2 taga ko‘paydi

“NAVOIY” EIZ: korxonalar 2 taga ko‘paydi

0

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi o‘zining qulay geografik joylashuvi, logistika imkoniyatlari yuqriligi bilan investorlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. “FDI” xalqaro jurnali tomonidan o‘tgan yilda mazkur subyekt Markaziy Osiyodagi “2016 yilning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonasi”, deya e’tirof etilgan edi.

Bugungi kunda 18 ta korxona faoliyat yuritayotgan hududda 100 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Yaqinda EIZ tomonidan Xitoyning “Hebei New silk Road Import and Yexport trade” kompaniyasi hamda “Navai steklo lyuks” MCHJga rezidentlik huquqini beruvchi guvohnoma topshirildi.

Bugungi kunda ushbu korxonalar tomonidan erkin iqtisodiy zonada muayyan ishlar olib borilmoqda.