Bosh sahifa Yangiliklar Navoiy shahrida 5 ta yetti qavatli uy qurib bitkazildi

Navoiy shahrida 5 ta yetti qavatli uy qurib bitkazildi

0

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yillik tantanalari joylarda zamonaviy, ko‘rkam binolarning foydalanishga topshirish marosimlariga ulanib, bayram shukuhi dillarga o‘zgacha zavq bermoqda.

Kuni kecha Navoiy shahrining 18-kichik tumanida 5 ta yetti qavatli uydagi 210 ta xonadon kalitlari o‘z egala­riga top­shirildi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi K. Tursunov ishtirok etib, uy sohiblarini qo‘shaloq bayram bilan tabrikladi. Yosh oila, nogi­ron va ehtiyojmand kishilarni uy-joy bilan ta’minlashda olib bo­ri­layotgan bu kabi ishlar Prezi­den­timiz tomonidan amalga oshi­ri­la­yotgan xalqchil siyosat samara­si ekan­ligini ta’kid­la­di. Tad­bir­da so‘zga chiqqan keksa avlod va­killari bugungi do­ril­amon kun­­lar­ga shuk­ro­na kelti­rish har bir ki­shining burchi ekan­ligini aytishdi.

Ushbu uylar “SMP-151” MCHJ qu­ruvchilari tomonidan barpo eti­lib, kelgusida yana 9 qavatli uy-joylar qurish rejalashti­rilgan.

Yosh oila boshlig‘i Sh. Rav­sha­nov hayotida ham unutilmas voqea yuz berdi. Unga ham yangi xonadon kaliti topshirildi.

— Konstitutsiyamizning 25 yillik bayra­mi biz uchun unutilmas bo‘lib qoladi, — deydi u. — Biz kabi yosh oilalarni qo‘l­lab-quvvatlab, ko‘mak berayotgan Preziden­timizga tashakkur. Bunday yuksak e’tibor bizni yanada mas’uliyat va fidoyilik bilan mehnat qilishga undaydi.

Viloyat madaniyat boshqarmasi­ning bir guruh san’atkorlari to­monidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq­lar tadbirga yanada zavq ulashdi. Bayram yakunida barchaga osh tor­tilib, xursandchilik bir piyola choy ustida davom etdi.