Bosh sahifa Jamiyat Navoiy viloyat statistika boshqarmasi boshlig`i Gruziyada bo’lib qaytdi

Navoiy viloyat statistika boshqarmasi boshlig`i Gruziyada bo’lib qaytdi

0
Tbilisi shahrida o’tgan hafta milliy statistika tashkilotlari xodimlari uchun  Yevropa erkin savdo uyushmasi (EAKT) tomonidan  “Turli manbaalar va modullardagi ma`lumotlarni birlashtirish” mavzusida xalqaro trening kursi tashkil etildi.

Unda Armeniya, Ozarbayjon, Belorus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Tojikiston, O`zbekiston va Ukraina davlatlaridan mutaxassislar, shuningdek Norvegiya statistika boshqarmasidan ekspertlar ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasining Tasniflagichlarni va metama`lumotlarni yuritish bo`limi boshlig`i M.Husanova hamda Navoiy viloyat statistika boshqarmasi boshlig`i M.Ro’ziev  qatnashdi.