Bosh sahifa Jamiyat NAVOIY VILOYATI: XAYRIYALARNI MUVOFIQLASHTIRISH MARKAZIDA ISH QIZG‘IN

NAVOIY VILOYATI: XAYRIYALARNI MUVOFIQLASHTIRISH MARKAZIDA ISH QIZG‘IN

0

Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashining ko‘ngilli yoshlari viloyat bo’yicha tashkil etilgan Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashmoqda.

200 nafar ko‘ngilli yoshlardan iborat jamoa homiylar va tadbirkorlar tomonidan xayriya qilingan oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini aholiga yetkazib berishga beminnat hissa qo‘shyapti., ularning 21 nafari viloyatdagi aholi murojaatlarini qabul qilishda operatorlik vazifasini o‘tamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, call-markazga bugunga qadar 879 ta fuqarolar murojaatlari kelib tushgan.

IMG_20200410_164341_922Ko‘ngilli yoshlar 1355 nafar yoshi ulug’, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga viloyat hokimligining xayriya-homiylik asosida ajratayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy niqoblar va antiseptik vositalarini yetkazib berishmoqda.

IMG_20200410_160951_146Bugun markazga «Karmana golden egg’s» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ham  ming nafar kam ta’minlangan aholi vakillariga mo‘ljallangan iste’mol tovarlari qabul qilindi. Mazkur jarayonlar jadal davom etmoqda.