Bosh sahifa Yangiliklar Navoiyda 11 oyda 277 ta yong‘in sodir bo‘ldi

Navoiyda 11 oyda 277 ta yong‘in sodir bo‘ldi

0

Navoiy viloyat IIB YOXB xodimlari tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida hududdagi 13,7 mingta korxona, tashkilot va muassasada tekshiruvlar amalga oshirilgan bo‘lib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmagan mas’ul shaxslarga nisbatan 104 million so‘mlik jarimalar qo‘llanilgan.

Bu davrda yong‘in xavfi chiqishi mumkin bo‘lgan 440 ta inshootda faoliyat yuritish vaqtinchalik to‘xtatilgan bo‘lsa, 5 mingta nosoz elektr uskunadan foydalanish ta’qiqlangan. 11 oy davomida viloyatimizda 277 ta yong‘in holatlari kelib chiqqan.

Buning asosiy sabablari e’tiborsizlik, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilmaslikdir. Hech kim o‘zining ham, o‘zgalarning ham hayotini xavfga qo‘yishga haqli emas. Buni barchamiz chuqur anglamog‘imiz lozim.