Bosh sahifa Yangiliklar Noqonuniy “taksi”lar: 55 ta holat aniqlandi

Noqonuniy “taksi”lar: 55 ta holat aniqlandi

0

Viloyatimizda 5 dekabrdan 20 dekabrga qadar “Kirakash” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vasitalari bugungi kunda yo‘l harakatidagi og‘riqli muammolardan sanaladi. Afsuski, viloyatimiz yo‘llarida litsenziyasiz “taksi”larni hamon uchratish mumkin. Bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida viloyat YHXB tomonidan bir qator ishlar olib borilyapti. Profilaktik tadbir boshlanganidan bugungacha viloyat miqyosida 55 ta noqonuniy “taksi” faoliyatiga chek qo‘yildi. Bunday holatlar ayniqsa, Navoiy shahrida ko‘plab uchramoqda.

Aytish kerakki, noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositasi jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan 100 baravarigacha, yuridik shaxslarga tegishli bo‘lganda 50 baravardan 150 baravargacha jarimaga sabab bo‘ladi.