Bosh sahifa Yangiliklar Nurota MIB: 120 ta noqonuniy holat fosh etildi

Nurota MIB: 120 ta noqonuniy holat fosh etildi

0

Majburiy ijro byurosi Nurota tuman bo‘limi faoliyatini boshlaganidan buyon energiya resurslaridan qonunga zid ravishda foydalanilgan 120 ta holatni fosh etdi.

Bu borada yetkazilgan 93 million so‘mlik zarar undirilib, aybdorlar qonun oldida javob berdi. Shuningdek, iyul-noyabr oylari davomida gaz hamda elektr energiyasi iste’molidan vujudga kelgan qariyb 189 million so‘mlik qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamagan 181 ta iste’molchi tarmoqdan uzilgan. Misol uchun, tumandagi MCHJ rahbarlaridan biri o‘z korxonasida o‘rnatilgan elektr hisoblagich plombalariga qasddan shikast yetkazib, uskunaning ustki qismiga magnit bo‘lagini qo‘yish orqali elektr energiyadan foydalanib, davlatga 42,5 million so‘mlik zarar yetkazgan. Qonunbuzar aybini tan olib, moddiy zararni qoplab berganligi uchun unga nisbatan jinoiy javobgarlik qo‘llanilmadi.

Bu kabi qoidabuzarlik tadbirkorlar, fermerlar hamda aholi xonadonlarida ham kuzatilayotgan bo‘lib, byuro xodimlari tomonidan mazkur holatlarga tegishli choralar ko‘rilmoqda.