Bosh sahifa Yangiliklar Oq machitlik keksa mirishkor xonadonida lavlagining noyob turini parvarishlamoqda

Oq machitlik keksa mirishkor xonadonida lavlagining noyob turini parvarishlamoqda

0

Qiziltepa tumani Oqmachit mahallasida bugungi kunda 3 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan bo‘lib, hududda dehqonchilikning hadisini olgan xonadonlar soni ko‘plab topiladi.

70 yoshni qarshilayotgan Xudoyberdi ota Jumayev oqmachitlik mirishkorlardan biri sifatida, joriy yilda o‘z tomorqasida gektaridan ming sentnergacha hosil beruvchi ozuqabop lavlagi yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Ayni paytda otaxon bilan bir qator fermerlar lavlagi urug‘ini yetkazib berish borasida shartnoma imzolagan. Kelgusida bu mahsuldor o‘simlik tuman hududida keng ko‘lamda ekilishi kutilmoqda.

Safo ota Mavlonov ham hududda 40 yildan buyon dehqonchilik bilan shug‘ullanib keladi. Keksa mirishkor tomorqasida issiqxona barpo etib, 8 tup limon parvarishlamoqda. Limonlar orasiga ekilgan “Orzu” navli bodring hosilga kirgan.

Umuman olganda tomorqadan samarali foydalanishda keksa dehqonlarning tajribasi barchaga o‘rnak bo‘layotir. Oilalar farovonligini ta’minlashda esa tomorqa madaniyatining yuksalishi muhim sanaladi.