Bosh sahifa Yangiliklar “O‘zbekiston konstitu­siyasiga 25 yil” esdalik nishoni: 800 nafar navoiylik ana shunday e’tirofga erishdi

“O‘zbekiston konstitu­siyasiga 25 yil” esdalik nishoni: 800 nafar navoiylik ana shunday e’tirofga erishdi

0

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida Bosh Qomusimizda belgilangan qoida va tamoyil­lar, hayotiy prinsiplar mujassamdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra, Asosiy Qonunimiz qabul qilingan kun yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil 10 oktyabrda “O‘zbekiston Konstitu­siyasiga 25 yil” esdalik nishonini ta’­sis etish to‘g‘risida»gi farmon­ning qabul qilin­gani mamlaka­ti­miz­ning iqtisodiy, siyosiy, ij­timo­iy, ilmiy, ma’naviy sa­lohiyati­ni yanada oshirishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdosh­la­rimiz qalbini faxr va ifti­xor tuyg‘ulariga to‘ldirib yubordi.

Xususan, bir guruh viloyatimiz vakillari­ning esdalik ni­shonla­ri bilan taqdirlan­gani barcha­miz­ga quvonch va mamnunlik ulashdi.

4-5 dekabr kunlari viloyati­miz­da muko­fotlarni o‘z egalari­ga tantanali topshi­rish maro­sim­­lari o‘tkazildi.

Viloyat hokimligida boshlangan tantanali tadbirda viloyat hoki­mi K. Tursunov tuman va shahar hokimlari, boshqar­ma va idora­lar, jamoat tashki­lot­lari rah­barlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, faxriy­lar va yosh­larga esdalik nishon­larini tan­tanali ravishda top­shirdi.

Taqdirlanganlar yuksak e’ti­bor va e’ti­rof uchun minnat­dor­lik bildirib, bu muko­fot yurti­miz taraqqiyoti va xalqimiz fa­rovonligi yo‘lida astoydil meh­nat qilish uchun munosib rag‘bat ekanligini ta’kidla­dilar.

— Bayram shukuhi kezib yurgan shu kun­larda mazkur esdalik ni­shoni men uchun kutilmagan muko­fot bo‘ldi, — deydi Navoiy dav­lat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri E. Azmiyeva. — Yosh av­lod­ni komil inson etib tar­biyalash, ularning konstitutsiya­viy me’yorlardan to‘laqonli foy­dala­nish­lari uchun hu­quqiy mada­niyatni yuksal­ti­­rish, eng muhimi, Vatan oldida­gi burchini ado eti­shida bor bilim va ma­ho­rat­ni sarflashga tay­yor­man.

Navoiy shahridagi “Yosh­lar mar­kazi”ning anju­man­lar zalida ham bir guruh fuqa­ro­larga ana shu mukofot­ni top­shirish ma­rosi­mi bo‘­lib o‘tdi. Tad­bir­da tur­li so­ha­da faol­lik ko‘r­sata­yotgan fido­yi­larga esdalik ni­shon­lari taq­dim etildi.

— Muhtaram Prezidentimiz farmonlari­ga asosan mukofotga sazovor bo‘lganimdan mamnunman, — deydi biz bilan suhbatda sha­hardagi 4-sonli oilaviy po­li­kli­nika bosh hamshirasi M. El­mu­rodova. — Buni Kons­ti­tutsiya­miz bilan kafolatlangan huquq­larimdan foydalangan hol­da el sog‘ligini saqlash yo‘­lida amalga oshirib kelayotgan kamta­ro­na meh­natimga davlatimiz tomoni­dan berilgan yuksak baho deb bila­man va bu men uchun juda qadrli­dir. Kelgusida ham mam­la­kati­miz sog‘liqni saqlash ti­zimida, jum­la­dan, poliklinika­mizda hayot­ga tatbiq etilayotgan islohot­larga o‘zimning munosib hissam­ni qo‘shishga harakat qila­­man.

Eng quvonarlisi, hamkasblari­miz — “Do‘st­lik bayrog‘i” gaze­tasi muharriri Z. Qut­liyeva ham­da “Znamya drujbы” gazetasi bo‘lim bosh­lig‘i F. Istablayevlar ham ana shunday e’ti­rofga sazo­vor bo‘ldi. Sohamiz fidoyila­rini esdalik nishonlari bilan samimiy qutlaymiz!