Bosh sahifa Yangiliklar Pensiya va nafaqa: Navoiyda buning uchun har oyda 71 milliard so‘m sarflanadi

Pensiya va nafaqa: Navoiyda buning uchun har oyda 71 milliard so‘m sarflanadi

0

Yurtimizda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorining bosqichma-bosqich oshirib borilayotgani aholi turmush farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 20 noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralarda jadal ishlar olib brilyapti. Jumladan, Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya Jamg‘armasining viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1 dekabridan boshlab pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning pensiyalariga qo‘shimchalar qo‘shilishi ta’minlandi.

Bugungi kunda viloyatimizda 105,7 ming nafar pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchi fuqaro mavjud. Noyabr oyida boshqarma tomonidan moliyalashtiriladigan jami mablag‘lar 61,6 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, dekabr oyida bu 71 milliard so‘m etib belgilandi.

Umuman olganda, yurtimizda amalga oshirilayotgan mazkur islohotlar aholi real daromadlarining oshib borishida muhim ahamiyatga ega.