Bosh sahifa Ijod Qizg‘aldoqlar mening onam

Qizg‘aldoqlar mening onam

0

Lolaqig‘aldoqlar mayin esayotgan shamollarga bosh egardi… Bu yer unga tanish qishloqning yonboshidagi adirlikmi? Ie, anavi kishi – 30-40 qadam naridagi otasiku? Namuncha horg‘in ko‘rinadi? Lolaqizg‘aldoq terayaptimi? Onasi ham shu yerda! Volidasi nega otasi yalinayapti?. “Gullarni uzmang, shular ham yashasin, iltimos”, deyaptimi? Yosh boladek mo‘ltiragan nigohlari nega g‘imgin?..

***

Sharofat institutni bitirib, shahar maktablarining biriga ishga kirgandan buyon uyiga borolmagandi – ota-onasini qattiq sog‘ingani, kechagi tushi uning qalbida allnechuk jo‘shqinlikni uyg‘otgandi. Darslarini berib bo‘lgach, tushlik qildiyu to‘g‘ri uyiga ravona bo‘ldi. Yo‘l bo‘yi mashina derazasidan tashqariga termulib borarkan, qir-adirlar bo‘ylab birorta ham lolaqizg‘aldoqqa duch kelmadi. Qiziq, ayni bahorning boshlanishi bo‘lsa, qizg‘ldoqlar nega ko‘rinmaydi?

Mashina qadirdon qishlog‘iga kirib borarkan yuragi allanechuk hapqirib ketdi. Darvozasi oldida taksidan tushib, ichkariga shoshib kirarkan, so‘rida otasining xomush o‘tirgan holatiga duch keldi. Padarining bag‘riga o‘zini otarkan, xomush otaning qalbi yorishganday bo‘ldi. Hol-ahvol so‘rashisharkan Sharofat onasini so‘radi. “Onang biroz betob”, degan javob uning qalbiga xavotir olib kirdi. Onasi istiqoboliga shoshilarkan, volidasini to‘shakda mixlanib yotganini ko‘rdi. Kechagi bexosiyat tushi bejizga emasligi bir dam xayolidan o‘tdi…

***

Sharofat yolg‘iz qiz bo‘lgani uchunmi oilada biroz erkaroq o‘sgandi. Shunga qaramay qiyinchiilkni ham ko‘rgan, mustaqil yashashga ham ancha ko‘nikib qolgan. Onasining eski kasali yana qo‘zg‘igani uni qattiq tashvishga solib, shahardagi ishini ham unutayozdi – butun diqqatini onasini oyoqqa turg‘azishga qaratdi. Shifoxonaga borishni istamagan onasining oldiga qishloq kasalxonasidan shifokorlarni keltirib ko‘rsattirdi.

Shifokorlar “kasalning sababi qattiq siqilishdan, hammasi yaxshi bo‘ladi” deyishganda Sharofat o‘zini ancha bosib olgandi. Kundan-kunga onasining yuziga qon yugurib, xastalik alomatlari arib boshlaganligini ko‘rib ko‘ngli yanada yorisha boshlagandi…

***

Kunlarning birida onasi allanimani qattiq qumsayotganligini aytdi – Lolaqizg‘aldoqni quchib, hidlab-hidlab olgisi kelayoyotganlini bildirdi.

Ota va qiz qir-adirlar osha gul axtarisharkan aqalla bitta qizillik hech yerda ko‘rinmasdi. Sharofat otasidan ancha olislab, uzoq-uzoqlarni ham qadamma-qadam ko‘zdan kechirsahamki lolaqizg‘aldoqqa duch kelmadi. Noiloj ortga qaytishdi – onaning istagi ijobat bo‘lmadi.

Xasta ona ko‘ngli nega aynan shuni istayotganligini o‘zi ham bilmasdi. Yaqinlarini ancha urintirib qo‘yganligidan xijolat bo‘lib, qayta gul so‘rash yosh bolaning xarxashasidek bo‘lishi mumkinligini bilib, indamay qo‘yaqoldi.

Shu kundan boshlab onaning xastaligi yana qaytaladi. Tobora eti suyakka yopishib borayotgan bemor kechalari alahsirab, nimalardir deya gapiradigan odat chiqardi. Sharofat bundan vahimaga tusharkan, onasini amallab shifoxonaga olib borishdi. Biroq, bu gal “tayyorgarlikni ko‘raveringlar, bu yog‘i Xudodan”, degan so‘zni eshitib, dod deb yig‘lab yubordi. “Ota, nimadir qiling, onamni berib qo‘ymayslik”, deya otasiga yolborarkan, otasi nima deyishni ham, qizini nima deb yupatishni ham bilolmay qoldi.

Sharofat bir necha kun onasining boshidan jilmadi. Tildan ham qolgan mushtipar volidasiga taqdir nega buncha azob berayotganligiga u sira tushunmasdi. Otasi har kuni uydan chiqib ketib, kech kelarkan – qo‘shni qishloqlar tomondan lolaqizg‘alodoq axtarardi – shoyad shu gul masalaning yechimi bo‘lsa, bemor tuzalsa.

Sharofat ham har kech biror yangilik bo‘larmikan, deb otasining yo‘liga ko‘z tikib turardi. Bir kuni quyosh botsahamki otasidan darak bo‘lmadi. Qiz yo‘lga chiqib, ko‘cha boshiga termulgancha uzoq turdi. Otasi nihoyat simyog‘ochga o‘rnatilgan chiroq nurida ko‘rinish berarkan, Sharofatning allaqanday qizillikka ham ko‘zi tushdi. Yugurib otasi tomon oshiqarkan, nihoyat gul topilganiga qattiq sevindi. Qishloq odamlari shirin uyquga ketgan yarim tunda bedor ota va qiz barcha tashvishlari endi arishiga butkul ishonch hosil qilib, darvozaxonalari tomon yurib kelishayotgandi…

***

Mana, Sharofat onasidan ayrilganiga roppa-rosa bir yil bo‘ldi. Bu safar ham u shahardan qishloqqa qaytarkan, onasi bilan bog‘liq voqealarni xotirlab kelardi. Bugun onasi vafot etgan kun – qiz ona qabrini ziyorat qilishga oshiqayapti. Garchi volidasi uni bu dunyoda hech qachon qaytmaydigan bo‘lib tashlab ketgan bo‘lsada, ushbu amali yetim qizning dardiga bir oz bo‘lsada malham bo‘ladi.

U qabristonga kirib borarkan, onasining qabri uzoqdan ko‘nglining tub-tubidan jo‘shib kelayotgan sel kipriklaridan oqib yonoqlarini ho‘l qildi. Sharofat onasi qabriga yaqinlashib karasaki, qabr atroflari qip-qizil lolaqizg‘aldoqlar bilan to‘lgan – bu holat uni faryod solib yig‘lashiga majbur qildi. Kaftlarini yuziga bosgancha yum-yum yig‘larkan tizzalari qaltirab, yerga cho‘kkaladi. Shu dam qandaydir g‘azab uni qabr atrofidagi gullarni yulib tashlashgga undadi. Qo‘lini pastga cho‘zarkan, lolaqizg‘aldoqlarni birma-bir yulishga chog‘landi – biroq bir paytlardagi tushi, unda onasining “gullarni uzmang”, deya otasiga zorlangan holati gavdalandi. Shu onda qaltirayotgan qo‘llari bilan barq urib ochilib turgan gullarni bir-bir siypaladi xolos, boyagi qahr, endi mehrga aylangandek bo‘lgandi…

Yetim qiz ana shu holatlarda onasi qabrini ziyorat qilarkan, ortiga qarab qabriston darvozasida uni anchadan buyon kutib turishganini ko‘rdi. Ko‘z yoshlarini artgancha o‘sha tomon yurarkan, kutayotganlar uning otasi hamda unga tanish bir yigit – o‘n bir yil birga o‘qigan sinifdoshini ko‘rdi.