Bosh sahifa E'tirof Sep uchun qimmatbaho mebel o‘rniga kitob javon xarid qilish kerak

Sep uchun qimmatbaho mebel o‘rniga kitob javon xarid qilish kerak

0

Adabiyot o‘qituvchisi o‘qivchilarida o‘z faniga mehr uyg‘otolmasa ularni kitobxonlikka jalb qilolmaydi. 18 yildan buyon ta’lim sohasida fidoyilik bilan mehnat qilib kelyotgan Nargiza Sherqulovaning nafaqat pedagogik qarashi, balki hayotiy maslagi ana shundan iborat.

Navoiy shahridagi 6-maktab o‘qituvchisining yana bir odati bor: har hafta yakunida o‘z sinfida xulqi, bilimi bilan yaxshi natija ko‘rsatgan 1 nafar o‘quvchiga kitob sovg‘a qiladi.

“Rag‘batlantirish bola tarbiyasida muhim sanaladi, – deydi o‘qituvchi biz bilan suhbatda. – Faqat bunda ayrim ota-onalardek bola qo‘liga pul tutqazilishiga qarshiman. Kitob sovg‘a uchun eng munosib buyum. Undan yaxshiroq rag‘batlantirish bo‘lmasa kerak.”

Sinf rahbarining keraksiz qog‘ozlarni yig‘ib, uning o‘rniga o‘quvchilarga sovg‘a uchun kitob xarid qilishga odatlangani meni to‘lqinlantirib yubordi: pedagoglarga xos bunday fidoyilik hammada ham uchramaydi, aslida.

Darhaqiqat, bugungi kunda kitobxonlikni yuksaltirish haqida gap borar ekan, bu bizdan dunyoqarashimizni o‘zgartirishni ham taqazo etmoqda. Zero, sovg‘a-salom uchun qimmatbaho buyumlar o‘rniga kitob xarid qilish, kutubxonalarga, kitob do‘konlariga borishga odatlanishda kattalar yoshlarga o‘rnak bo‘lishi lozim.