Bosh sahifa E'tirof 8 sinfda otasidan duradgorlikni o‘rgangan hunarmand bugun savdo do‘­konlari, novvoyxona, choyxonalar egasi

8 sinfda otasidan duradgorlikni o‘rgangan hunarmand bugun savdo do‘­konlari, novvoyxona, choyxonalar egasi

0
Businessman pressing multimedia type of modern buttons with virtual background

“Qadimda boyga xizmat qiladigan bir cho‘pon yigit bo‘lib, u vaqt topdim deguncha hunar o‘rganar ekan. Temirchilik, kulolchilik, toshtaroshlik bilan shug‘ullanibdi, xullas, bilmagan kasbi-kori kam ekan. Kun kelib uning dovrug‘i shohgacha yetibdi va ustani saroyga xizmatga taklif qilibdi. Usta shohga rad javobini berishdan qo‘rqib, rozi bo‘libdi. Biroq qo‘l ostidagi oddiy bir cho‘ponning shoh nazariga tushganini hazm qila olmagan boy ming nayranglar bilan uni zindonband etishga erishibdi. Cho‘pon yigit zindonda ham tinmay, qo‘liga ilingan narsadan mo‘jiza yarataveribdi. Buni kuzatib yurgan shoh esa hunarli qo‘l qing‘ir ish qilishga qodir emasligini tushunib, cho‘pon yigitning o‘rniga tuhmatchi boyning o‘zini zindonga tashlabdi…”

Buvisidan eshitgan bunday ertaklardan so‘ng toshra­bot­lik Hamro Nurullayevning yura­­gida har gal yangi-yangi orzu­lar tu­g‘ilar, mahallada “usta Orzi” deb nom qo­zon­gan otasi singari duradgor bo‘­lishni, xalqqa shu yo‘l bi­lan xizmat qilishni, hurmat qo­zonishni o‘ylardi. Buning uchun esa tong otmasdan usta­xonaga — otasining yoniga bo­­rib, sinchkovlik bilan uning ha­rakatlarini ku­zatar, o‘zi ham ko‘rgan­lari­ni takror­lash­ga urinardi. Vaqt bu qizi­qish­larning shunchaki havas emas­ligini is­botladi.

Hunari bilan ro‘zg‘or teb­ratib, el ichida obro‘-e’ti­bor qozongan Orzi Narzul­layev o‘g‘­lidagi bu shijoat, g‘ayratni ko‘rib, ishi­­­ning davomchisi, izdoshi borligidan quvondi. Eshik, rom, beshiklar yasa­­­­yotganda ziyrak o‘g‘liga ham buning sir-asror­lari­ni o‘rgatishdan erinmadi. Yosh yi­git mak­tab­dan keliboq otasining usta­xonasiga bo­rishni odat qildi. Ular bir­galikda ol­dingidan ham ko‘p buyumlar yasay boshla­dilar. Talab ham ortaverdi.

— 8-sinfdan boshlab o‘zim mustaqil ra­vishda ish boshladim, — deb o‘sha damlari­ni eslaydi H. Nurullayev. — Otam bilan aso­­­san mahalliy aholining talabidan ke­lib chiqqan holda turli buyumlar yasab, yak­shan­ba kunlari bozorga olib chiqardik. Me­ni taniganlar “ustaning o‘g‘li ham usta bo‘­libdi-da, barakalla”, deb havas bilan qa­rash­lari qalbimga yanada shijoat bag‘ishlardi.

Qahramonimiz maktabni bitirganidan so‘ng Qizil­tepa tumanidagi 214-qishloq qurilish ta’­minot idorasiga usta-durad­gor bo‘lib ish­ga kirdi. O‘sha yerda bor maho­ratini ko‘r­satdi, tajribasi yanada oshdi.

— Hunar yigit kishining nomini ulug‘­lay­digan bezak ekan. Harbiy xizmat o‘tagan dav­­­rimda bunga amin bo‘lgandim, — deydi u mamnun qiyofada. — Polkimizda usta-du­radgorlik bo‘yicha maktab ochilgandi. Shun­ga meni rahbar qilib tayin­lash­di. 30 na­far askarga hu­nar­mand­lik sir­­larini o‘rga­tar­­dim. Ishla­shi­miz uchun alo­hida xonalar aj­ratib be­rilgandi. Askar­lar­dan har uch oyda bir imti­hon oli­nib, guvohnoma be­­ri­lar­di. Ke­yin boshqa askar­lar­ni qa­bul qi­lardik. Qo‘­limda­gi hunar tu­fayli xiz­mat dav­rim maz­munli o‘tgan.

H. Nurullayev xizmatdan qayt­gach, Samar­qand shahri­dagi kooperativ bilim yur­tini tamomlab, savdo soha­sida ish bosh­ladi. Biroq ota kasbini ham tashlab qo‘y­madi. Bolalariga atab uy-joylar qilgani­da, yaxshi niyat bilan o‘zi eshik va de­razalar yasa­­di. Ularga meh­nati bilan bir­ga meh­rini ham jo qildi.

H. Nurullayev Qiziltepa tumani “Toshra­bot” qo‘rg‘onida, Navoiy shahrida savdo do‘­konlari, novvoyxona, choyxonalar ochib, aho­­liga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoq­da. Bu harakatlari nati­jasida yigirma nafarga yaqin kishi ish bilan ta’minlan­di. U ishchilariga nis­batan o‘ta talabchan va o‘z o‘rnida bag‘rikeng hamdir.