Bosh sahifa Bu qiziq Tashxis qo‘yadigan kiyimlar haqida bilasizmi?

Tashxis qo‘yadigan kiyimlar haqida bilasizmi?

0

Hindistonlik olim Sundaresan Jarayaman 2004 yilda dunyoda birinchi bo‘lib o‘z egasining badan harorati, tomir (yurak) urishini o‘lchaydigan tashxis-ko‘ylak ixtiro qilgan edi. Shundan so‘ng dunyo olimlari xuddi antiqa bunday kiyimlar yaratishga kirishib ketdi.

Misol uchun Massachusets shtatidagi texnologiya instituti tadqiqotchilari tomonidan noyob botinka ixtiro qilindi. Yana ham qizig‘i bu botinka o‘z egasi to‘g‘risida to‘plagan tibbiy ma’lumotlar antennalar orqali davolovchi shifokorning kompyuteriga borib tushadi. Belgiyadagi “Bernaert” kompaniyasi ham go‘dak uxlayotgan paytda uning sog‘lig‘ini nazorat qilib turadi pijama yaratishdi.

Bu boradagi yangi kashfiyotlar odamlar salomatligini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘layapti. Hali beri tashxis qo‘yadigan kiyimlar ommaviy ravishda ishlab chiqilmagan bo‘lsada yaqin kelajakda ana shunday vositalar eng yaqin yordamchilarimizga aylansa ajab emas.