Bosh sahifa Yangiliklar Uchquduqda uchta yangi bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Uchquduqda uchta yangi bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yildi

0

MTMlar tuman markazidan olisdagi “Kuntay”, “Buzaubay” ovullari va “Kokpatas” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi maktablar negizida tashkil etildi.

“Balapan” hamda “Qulun” bog‘chalari homiylik mablag‘lari hisobiga 100 million so‘mlik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lsa, “Quyoncha” MTMda jami 150 million so‘mlik kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borildi. Yaqin kunlarda muassasa jihozlari yangilanishi kutilmoqda.

– Birinchi va ikkinchi sektor rahbarlari, tuman hokimi S. Xamroyev, prokuror Sh.Shernazarovlarga ovul aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bolalar bog‘chasini tashkil etish yuzasidan taklif bergan edik, – deydi xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Alibayeva. – Murojaatimiz qisqa muddatda ijobiy hal etilganidan ovul aholisi juda mamnun. Yangi bog‘chalar jami 80 nafar bola qatnoviga mo‘ljallangan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil siyosat samarasida chekka ovullarda ham keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa yurtimizda xalq manfaatlari hamma narsadan ustun ekanligini ko‘rsatadi.